Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini H-2A dasturi orqali AQShning mavsumiy ishlariga tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha kelishib oldi.

Loyiha doirasida:

ish beruvchilar ehtiyojiga mos o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi;

ingliz tili va kasbiy tayyorgarlik tashkil etiladi;

nomzodlarning amaliy ko‘nikmalari baholanib, qo‘shma sertifikatlash tizimi joriy qilinadi;

saralash va ishga yuborishning shaffof mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.

Migratsiya agentligi nomzodlarni saralash, AQSh mehnat qonunchiligi va mehnat sharoitlari bo‘yicha tayyorlash hamda mavsumiy ishlar yakunlangach hamyurtlarimizning Vatanga o‘z vaqtida qaytishini ta’minlaydi.

AQShda mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha ish beruvchilarning dastlabki talablari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi "XORIJDA ISH" Telegram kanalida e’lon qilinadi.