"O'zagrotexsanoatxolding" AJ tomonidan "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi bilan hamkorlikda “Turkistan” sanoat zonasi hududidagi "Brownfield" ishlab chiqarish maydonchasida qishloq xo'jaligi texnikalarini yig'ish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha 3 bosqichda olib boriladi. Umumiy investitsiya hajmi 12 million dollarni tashkil etadi. Amalga oshirilayotgan loyihaning to'liq quvvati ishga tushgach 100 ga yaqin ish o'rinlari yaratiladi.
Uchrashuv davomida "O'zagrotexsanoatxolding" AJ boshqaruvi raisi Nodir Otajonov Turkiston viloyatining sarmoyaviy muhitiga yuqori baho berdi.
O'z navbatida, Turkiston viloyati hokimi Umurzoq SHukeev bunday loyihalar ikki mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega o'zaro manfaatli hamkorlikning namunasi ekanligini ta'kidladi.
"O'zagrotexsanoatxolding" AJ mahalliylashtirish istiqboliga ega qishloq xo'jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Sanoat zonasi hududida 110 ot kuchiga ega universal-haydov traktorlari, 80 ot kuchiga ega paxta traktorlari, shuningdek, paxta terish mashinalari, 4 tonnagacha yuk ko'taradigan traktor tirkamalari, rotorli o'rgich-maydalagichlar, purkagichlar, paxta kul`tivatorlari hamda 3 va 4 korpusli pluglarni ishlab chiqarish ko'zda tutilgan.
Kompaniyamiz qozog'istonlik mutaxassislarni o'qitish va malakasini oshirish, shuningdek texnik xodimlar uchun amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish ishlarini amalga oshiradi.
O'z navbatida, "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi Qozog'iston Respublikasida qishloq xo'jaligi texnikalarini sotish uchun dilerlik va xizmat ko'rsatish tarmog'ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda
O'zbekiston Qozog'istonda traktor ishlab chiqaradi
Joriy yilning 28 may kuni "O'zagrotexsanoatxolding" AJ, Turkiston viloyati hokimiyati va Qozog'istonning "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi O'zbekistonda ishlab chiqariladigan qishloq xo'jalik texnikalarini Qozog'istonda yig'ish loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi va yo'l xaritasini imzoladilar.
Toşkent havosi nima sababdan ifloslanmoqda? Mutaxassislar aniq javob izlamoqda
- 2026-yilgi Prezident Olimpiadasi start oldi
- Musakova Mariya Zulfixarovnani “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Magametibragimova Munisa Ibroxim qizini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Kelasi yildan Prezident Olimpiadasi gʻolib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor oʻtkazilayotgan Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etmoqda
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Misrga boruvchi o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar belgilandi