Joriy yilning 4–12-iyul kunlari Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh fiziklar quyidagi natijalarni qayd etdi:

Asilbek Jumanazarov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM - KUMUSH MEDAL;

Muhammad Abdumalikov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM - KUMUSH MEDAL;

Elbek Uroqov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM - BRONZA MEDAL;

Xasan Kamolov - Qo‘qon shahar 1-sonli IM - BRONZA MEDAL;

Javohir Aknazarov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM - Honorable mention.

Terma jamoamiz a’zolari ushbu olimpiadada ilk kumush medalini qoʻlga kiritib, o‘z ishtiroki tarixidagi REKORD NATIJA qayd etdi.

Natijalar yil sayin yuksalmoqda. Endi esa navbat — kelgusi yilda oltin medalni qo‘lga kiritishga!

Xalqaro Fizika olimpiadasi (IPhO) — bu nafaqat murakkab nazariy va eksperimental masalalarni yechish, balki xalqaro miqyosda bilim va tajriba almashish, yoshlar o‘rtasida fan orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamlash imkoniyatidir.