«Slovakiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Viktor Boreski janoblarini qabul qildik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Muhokamalarimiz ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, ishbilarmon doiralarimiz oʻrtasidagi dinamik aloqalarni kuchaytirish, shuningdek, koʻp tomonlama platformalarda Oʻzbekiston-Slovakiya hamkorligini rivojlantirishga qaratildi. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarimizni har tomonlama kengaytirishga intilmoqdamiz«.
Oʻzbekiston TIV rahbari Slovakiya elchisini qabul qildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Slovakiya elchisi Viktor Boreskini qabul qildi.