Muhokamalarimizda Oʻzbekiston va Vengriya Rahbarlari oʻrtasida erishilgan barcha kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratib, strategik sherikligimizni mustahkamlash yoʻlida barcha imkoniyatlarimizni ishga solishga urgʻu berdik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Bundan tashqari, mintaqaviy va global chaqiriqlarni hal etish boʻyicha muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlar muhimligini taʼkidlab, koʻp tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan ham fikr almashdik.
Oʻzbekiston TIV rahbari Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan telefon orqali muloqot qildi.