Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Hindiston terma jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo kubogi chorak finali hamda Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-17 Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollarga Laziz Abduraimov, Denni Singx (avtogol), Ahrorbek Ravshanbekov mualliflik qilishdi.
U-17 terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionati shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.