Xalqaro avtomobilda yuk tashuvlari uchun ruxsatnomalarni olish jarayonini soddalashtirish, milliy tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, jarayonlarni raqamlashtirish hamda ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida Gruziya bilan “ikki tomonlama”, “tranzit” hamda “uchinchi davlatga/dan” turdagi ruxsatnoma blankalari taqsimlanuvchi blankalar turidan chiqarildi.
Endilikda mazkur turdagi ruxsatnomalar milliy tashuvchilarga ularning arizalari asosida faqat elektron shaklda (E-permit) beriladi.
Mazkur tizimning joriy etilishi ruxsatnomalarni olish jarayonini tezlashtirish, qog‘oz shaklidagi blankalardan foydalanishni qisqartirish, inson omilini minimallashtirish hamda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishda milliy tashuvchilar uchun yanada qulay va shaffof mexanizm yaratishga xizmat qiladi.