Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foizga oshgan.
Koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar boʻyicha quyidagicha:
savdo xizmatlari — 202,0 trln soʻm;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 149,7 trln soʻm;
moliyaviy xizmatlar — 125,8 trln soʻm;
transport xizmatlari — 121,5 trln soʻm;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 61,6 trln soʻm;
taʼlim sohasidagi xizmatlar — 27,2 trln soʻm;
koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 19,4 trln soʻm;
shaxsiy xizmatlar — 14,1 trln soʻm;
sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 13,9 trln soʻm;
meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 10,7 trln soʻm;
kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 9,2 trln soʻm;
ijara xizmatlari — 9,0 trln soʻm;
boshqa xizmatlar — 38,3 trln soʻm.