Kvartiralar narxi bir yil davomida 5,5 foizga, jumladan:

birlamchi bozorda — 7,1 foizga;

ikkilamchi bozorda — 4,2 foizga qimmatlashgan.

Yakka tartibdagi uylar narxi esa 2025 yilning II choragiga nisbatan 2 foizga oshgan.

Toshkent shahrida kvartiralar narxi bir yilda 3,9 foizga, respublikaning qolgan hududlarida esa 7 foizga ko‘tarilgan.

2026 yilning II choragidan boshlab uy-joy narxlari indekslari yangilangan metodologiya — gedonik regressiya usuli asosida hisoblanmoqda . Mazkur usul uy-joyning maydoni, joylashuvi, qavati va boshqa xususiyatlarini hisobga olib, bozordagi narxlar dinamikasini yanada aniqroq baholash imkonini beradi.