Bu haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, ziyoratchilarning xavfsiz va munosib sharoitlarda ibodat qilishlari uchun barcha tashkiliy ishlar yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan.

Yurt­doshlarimiz muqaddas safarga yuzida quvonch, tilida shukrona bilan otlanmoqda. Ularning ko‘zlaridagi quvonch yosh­lari va orzusi ushalgan qalblarning talpinishi har qanday insonni to‘lqinlantirmay qo‘ymaydi.


Bu hayajonli lahzalarda Allohning bayti — Ka'ba sari yo‘l olgan ziyoratchilar muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, eson-omon qaytishni so‘rab duolar qilmoqda. Ularni kuzatayotgan yaqinlarining nigohida esa havas va sog‘inch uyg‘un: ular ham bunday saodatli kunlar o‘zlariga nasib etishini chin dildan niyat qilmoqda.