Dunyo tibbiyotida genomika, hujayra va biotexnologiyalar orqali ilgari davolash imkonsiz boʻlgan koʻplab kasalliklarga yechim topilayotganini qayd etildi. Biroq ilmiy taraqqiyot inson oldidagi masʼuliyatni ham oshiradi.

– Inson hayoti va salomatligi bilan bogʻliq tadqiqotlarda uning huquqi, roziligi va qadr-qimmati birinchi oʻrinda turishi shart, – dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, bioetika va biotexnologiya sohalari uchun mustahkam huquqiy asos yaratiladi.

Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar boʻyicha mutaxassislar oʻqitiladi va genetik tekshiruv joriy etiladi.