Tuman hokimlari va mahalla raislarining tushum bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgani natijasida hududda qoladigan qo‘shimcha daromad 2 barobargacha ko‘paydi. Tumanlarda o‘rtacha 22 milliard so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ qoldi, mahalla budjetiga esa o‘rtacha 150-200 million so‘m tushdi. 

“Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat – mas’uliyat va tashabbuskorlik”, – dedi Prezidentimiz.