“Manbalar xabar berishicha..., tashrif (Rossiya Prezidentining) kelasi hafta oxirida, 20-may kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda”, deb xabar berdi gazeta.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov payshanba kuni Kreml yaqin orada Rossiya yetakchisining Xitoyga tashrifi sanalarini e’lon qilishini aytdi, deb xabar berdi ria.ru.
U avvalroq Putinning Xitoyga tashrifiga tayyorgarlik deyarli yakunlangani va u juda tez orada bo‘lib o‘tishi haqida ham xabar bergan edi.