Kuni kecha A-373 avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni hududidan o‘tuvchi qismida «Toshkent–Vodiy» yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk avtomobilining havo shlangi teshilishi oqibatida tormoz tizimi ishlamay qolgan.

Natijada haydovchi harakatni davom ettira olmay, «Qamchiq» Maxsus qutqaruv boshqarmasiga murojaat qilgan.

Xabarga asosan, qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika yordamida yuk avtomobilini xavfsiz hududga evakuatsiya qilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.