Albatta, bunday tashabbuslar ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin. Biroq mazkur hududga olib boruvchi avtomobil yo‘llari, tog‘ so‘qmoqlari hamda tik qiyaliklar barcha fuqarolarning xavfsiz va erkin harakatlanishi uchun to‘liq moslashtirilmaganini inobatga olish lozim. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Hazrati Sulton cho‘qqisiga chiqishni rejalashtirayotgan fuqarolardan tog‘ hududidagi toshloq va murakkab yo‘llar, balandlik tufayli havo bosimining o‘zgarishi hamda boshqa tabiiy omillarni hisobga olishlari so‘raldi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, yurak yetishmovchiligi, arterial qon bosimi yuqori bo‘lgan shaxslarga bunday sayohat tavsiya etilmaydi. Shuningdek, tog‘li hududga yakka holda yo‘l olmaslik, sayohatga chiqishdan oldin ob-havo sharoitini o‘rganish, zarur oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori-darmon va aloqa vositalari bilan ta’minlanish muhim ahamiyatga ega. Yo‘nalish davomida ishtirokchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashishi yoki yiqilish natijasida turli darajada tan jarohati olishi mumkinligini, shuningdek, tog‘li hududlarda tibbiyot va qutqaruv xizmatlarining voqea joyiga yetib borishi muayyan vaqt talab qilishini ham inobatga olish zarur. Agar barcha xavf-xatarlarni anglagan holda mazkur yo‘nalish bo‘ylab sayohat qilishga qaror qilinsa, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar uchun har bir inson shaxsiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri kelishi aytildi. Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmatlari kecha-yu kunduz, 24/7 rejimida fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga tayyor ekanligini ma’lum qilindi. Agar tog‘ hududida xavfli yoki noqulay vaziyatga duch kelinsa, zudlik bilan 112 yagona tezkor qutqaruv xizmatiga murojaat qilish so‘raldi.
Qashqadaryo FVB Hazrati Sulton cho‘qqisiga sayohat qilishni rejalashtirayotganlarni ogohlantirdi
So‘nggi paytlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning eng baland nuqtalaridan biri hisoblangan, Shahrisabz tumani hududida joylashgan Hazrati Sulton tog‘ cho‘qqisiga sayohat uyushtirish bo‘yicha turli takliflar tarqatilmoqda.
Gen-nokaut texnologiyasi
- Farg‘ona viloyatida hokim lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
- O‘zbekiston Prezidentining tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi
- 5 вагондан иборат поезд 415 та эконом класс ўриндиғига эга.
- Xiva–Buxoro yo‘nalishida yangi elektropoqezdlar qatnaydi
- Qoraqalpog‘iston va Samarqandda 368 million so‘mlik suyultirilgan gaz talon-toroj qilinishi fosh etildi
"Yangiobod" qulayroq, xavfsizroq va shinamroq bozorga aylantiriladi
- OTMlarda talabalar o'rtasida qayta taqsimlangan davlat granti natijalari eʼlon qilindi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Shahrisabz koʻchasidagi BRT yoʻlagi qurilishi 31-avgustga qadar yakunlanadi
- Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi
- Kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar koʻrib chiqildi