Viloyatda havo harorati 42–44°C darajagacha ko‘tarilishi oqibatida asfaltbeton qoplamasi harorati 70–75°С gacha yetib, qoplamaning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayadi. Natijada og‘ir yuk avtomobillari harakati ta’sirida yo‘l qoplamasida g‘ildirak izlari, deformatsiya va boshqa texnik nuqsonlar yuzaga kelishi mumkin.

Yo‘llar yaroqsiz holga kelishi va turli deformatsiyalarga uchrashining oldini olish maqsadida Qarshi shahri, tuman markazlari va ularni bog‘lovchi barcha umumiy foydalanishdagi yo‘llarda og‘ir yuk avtomobillarining harakati har kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha vaqtincha cheklanadi.