Luara shahri meri Jan-Pol Yuening so‘zlariga ko‘ra, hudud suv bosgan fevral oyiga nisbatan Luaradagi suv sathi 8-9 metrga pasaygan.

Shuningdek, shahar meri yaqin orada yomg‘ir yog‘masa, shahar ichimlik suviga vaqtinchalik cheklovlar qo‘yishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Reyn va Dunay kabi boshqa Yevropa daryolari singari, Luaradagi suv sathining pastligi so‘nggi oylarda yog‘ingarchilikning yetarli emasligi va g‘ayrioddiy issiq ob-havo bilan bog‘liq, deb xabar berdi Kazinform.