Bugungi strategik vazifa faqat yangi korxonalar taşkil etiş emas. Asosiy maqsad mikro va kiçik biznesning örta, örta korxonalarning esa milliy va xalqaro bozorlarda raqobatlaşa oladigan yirik kompaniyalarga aylanişi uçun barqaror ekotizim yaratişdir. Bu özgarişlar iqtisodiy körsatkiçlarda ham ifodasini topmoqda.

2025-yilning 9 oyida mamlakatimizda

63 mingta yangi korxona taşkil etilgan bölsa, 2026-yilning şu davrida 68 mingtaga yetdi. Bu 8 foiz ösiş demakdir.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni ham izçil ortib bormoqda. Ularning soni 2025-yilda 2021-yildagidan 37 foiz, 2026-yilning ötgan 10 oyida esa yana 29 foiz ösib, 386 mingtaga yetdi.

Tadbirkorlik muhitini yaxşilaşda davlatimiz rahbarining 2026-yil 27-avgustdagi “Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni muhim buriliş yasadi. Uşbu hujjat biznesni asossiz maʼmuriy bosimdan himoya qiliş va uning huquqiy kafolatlarini kuçaytirişga qaratilgan.

Eng muhim yangiliklardan biri kiçik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekşirişga uç yillik moratoriy joriy etilganidir. Inson salomatligi va xavfsizligi, jinoiy işlar hamda mehnat qonunçiligi buzilişi bilan boğliq belgilangan istisnolardan taşqari, kiçik biznesni tekşiriş taqiqlandi. Uşbu talabni buzgan mansabdorlar uçun javobgarlik belgilandi.

Natija köp kuttirmadi: moratoriyga qadar oyiga örtaça 17 mingdan ortiq tekşiruv ötkazilgan bölsa, undan keyin bu körsatkiç 6 mingtaga ham yetmadi. Yaʼni tekşiruvlar soni qariyb uç baravar kamaydi.

Farmon bilan tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilişning yana qator muhim kafolatlari mustahkamlandi. Avvalo, tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi belgilandi. Endi qonunçilikdagi bartaraf etib bölmaydigan ziddiyatlar, noaniqliklar va şubhalar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi.

Şuningdek, “Birinçi xato uçun — ogohlantiriş” tamoyili joriy etildi. Birinçi marta huquqbuzarlikka yöl qöygan tadbirkorga jarima qöllaş örniga kamçilikni bartaraf etiş uçun 10 kun muhlat beriladi.

Yana bir muhim kafolat — bir yil davomida kameral soliq tekşiruvidan taşqari har qanday takroriy tekşiruv faqat biznes ombudsman ruxsati bilan ötkaziladi.

Tadbirkorlarning moliyaviy yukini yengillaştiriş uçun “Ikkinçi imkon” iqtisodiy amnistiyasi eʼlon qilindi. Unga köra, soliq qarzining asosiy qismini 2026-yil yakuniga qadar tölagan kiçik va örta biznes subyektlarining penyalari bekor qilinib, ijro işlari töxtatiladi.

Hisobotlarni keçiktirib topşirganlik uçun 2026-yil 1-yanvariga qadar qöllanilgan, hanuz tölanmagan maʼmuriy va moliyaviy jarimalar hisobdan çiqariladi. Naqd pulda hisob-kitob qiliş çegarasining 25 million sömdan BHMning 400 baravarigaça oşirilişi ham tadbirkorlar uçun qöşimça yengillik yaratdi.

Albatta, qonunçilikda belgilangan kafolatlarning amalda işlaşi muhim. Bu borada biznes ombudsman tomonidan doimiy monitoring va taʼsirçan çoralar körilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning yuqorida nomi keltirilgan farmoni ijrosi doirasida sönggi uç yildagi nazorat jarayonlarini tahlil qiliş va huquqni qöllaş amaliyotini birxillaştirişga qaratilgan “Samarali nazorat” tadbiri ötkazilmoqda.

Uning maqsadi — tekşiruvlarda yöl qöyilgan kamçiliklarning huquqiy oqibatlarini bartaraf etiş va bunday holatlar takrorlanişiga yöl qöymaslik. Tekşiruvlarning qonuniyligi va şaffofligini taʼminlaşda “Yagona davlat nazorati” elektron axborot tizimidan keng foydalanilmoqda. Şu bilan birga, tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklaş, ularga tegişli mablağlarni qaytariş böyiça amaliy işlar davom etmoqda.

2026-yilning 9 oyida biznes ombudsman tomonidan körilgan çoralar natijasida tadbirkorlar foydasiga 233 milliard söm undirilib, 76 ta noqonuniy qaror bekor qilindi. Bu raqamlar ortida minglab tadbirkorlarning hal etilgan muammolari turibdi.

Masalan, xususiy boğçalarga subsidiya tölaşdagi tizimli xato bartaraf etildi. Axborot tizimidagi notöğri hududiy tasnif tufayli ayrim tarbiyalanuvçilar uçun oyiga 178 ming söm örniga 125 ming söm tölangan.

Biznes ombudsman taşabbusi bilan tegişli vazirlik va hokimliklar maʼlumotlarni töğriladi. Natijada 2240 tarbiyalanuvçi böyiça kompensatsiya belgilangan miqdorga yetkazildi. Endilikda xususiy boğçalar har oy qöşimça 130,8 million söm oladi.

Namangan viloyatida esa bozorlardagi tadbirkorlardan ikki xil yiğim undiriş amaliyotiga çek qöyildi. Bitta yiğim joriy etilişi natijasida 38 ta dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan 7 mingdan ortiq tadbirkorning xarajatlari qisqardi.

Yana bir misol töqimaçilik va tikuv-trikotaj korxonalari bilan boğliq. Prezidentimizning 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-töqimaçilik klasterlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş, töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qiliş hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan uşbu sohada elektr energiyasi uçun bir oylik oldindan tölov talabi bekor qilingan edi. Biroq amalda 1798 ta tadbirkorga mazkur imtiyoz qöllanilmagan. Biznes ombudsman taʼsir çorasidan söng axborot tizimidagi kamçiliklar tuzatildi, imtiyozlarni töliq qöllaş taʼminlandi. Natijada tadbirkorlardan har oy 85 milliard sömni oldindan undiriş amaliyoti töxtadi.

Bunday çoralar kiçik va örta biznesning huquqiy himoyasini kuçaytirib, korxonalarning erkin faoliyat yuritişi va bosqiçma-bosqiç yirik kompaniyalarga aylanişi uçun mustahkam zamin yaratmoqda.

Biroq kiçik biznesning yirik kompaniyaga aylanişi faqat soliq imtiyozlari yoki tekşiruvlarni çeklaş bilan taʼminlanmaydi. Xalqaro bozorga çiqiş, investorlar işonçini qozoniş va arzon investitsiya resurslarini jalb qiliş uçun biznesning içki boşqaruvi halol, şaffof va korrupsiya xavflaridan xoli bölişi zarur.

Şu maqsadda Prezidentimizning 2026-yil 16-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturi doirasida “Korrupsiyasiz, halol va oşkora biznes — Özbekiston barqaror rivojlanişining asosi” milliy dasturiga start berildi.

Dastur xususiy sektorda korporativ halollik, qonuniylik va komplayens madaniyatini yangi milliy standartga aylantirişga qaratilgan.

Uşbu taşabbuslarning mantiqiy davomi sifatida 2026-yil 23-noyabr kuni biznes ombudsman devoni, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida V xalqaro biznesda halollik forumi ötkazildi.

“Toza biznes: halol biznesning yangi standarti” mavzusidagi anjumanda YEXHT, BMT, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi kabi nufuzli xalqaro institutlar iştirok etdi.

Forumda davlat va biznes örtasidagi yangi munosabatlar, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar orqali korrupsiya xavflarini oldindan aniqlaş, komplayens tizimlarini joriy etiş hamda tadbirkorlarning Antikorrupsiya xartiyasiga qöşilişi muhokama qilindi.

Bu jarayonda asosiy maqsad milliy korxonalar şaffofligini oşiriş orqali ­xalqaro investorlar işonçini mustahkamlaş va ularning jahon bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişdan iborat.

Özbekistonda tadbirkorlikning har bir bosqiçini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yaxlit tizim şakllanmoqda. Mahalladagi özini özi band qilgan fuqarodan yakka tartibdagi tadbirkorga, kiçik korxonadan örta va yirik kompaniyagaça bölgan ösiş yöli uçun huquqiy va institutsional şaroitlar yaratilmoqda.

Kiçik biznes uçun uç yillik tekşiruvlar moratoriysi moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaş va resurslarni kengayişga yönaltiriş imkonini bersa, örta biznes uçun taşabbuskor audit, ixtiyoriy komplayens va xalqaro halollik standartlari yangi bozorlarga çiqiş yölini oçmoqda.

Bu islohotlarni birlaştirib turgan asosiy maqsad tadbirkorning huquqi va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş, uning erkin ösişi uçun şaroit yaratiş orqali kuçli, mustaqil va raqobatbardoş Özbekiston iqtisodiyotini barpo etişdir.

Abdumannop BÖRIYEV,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil