Prezidentimiz Kegeyli dagi 330 gektar shoʻr yerda yaratilayotgan sanoatlas hgan bogʻni koʻrganini qayd etdi. Yangi dastur doirasidagi 10 ming gektarda ishlar shu yil boshlanadi.

Viloyat hokimlari 500 va 1 ming gektardan bogʻ yaratishga masʼul boʻladi. Andijondan yer boʻyicha mutaxassis va dehqonlar kelib, Kegeyli da ishlarni boshlagan.

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari va Bogʻdorchilik agentligi oʻrtasida uch tomonlama shartnomalar tuziladi. Ikki haftada har bir viloyat uchun yer ajratilib, kafolatli suv taʼminoti yaratiladi. Agentlik 1 oktabrgacha iqlimga mos koʻchat navlari va ekish texnologiyalarini taqdim etadi.

Viloyat hokimlari usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi. Har bir hududda 50 gektardan bogʻ joriy yil, qolgan maydonlarda bahorda barpo etiladi. Qayta ishlash quvvatlari ham shu yerning oʻzida tashkil qilinadi.

Bogʻdorchilikda 20 ming odamni ishli qilish va uch yilda meva eksportini kamida 500 million dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.