Nursulton Nazarboyev mamlakatimiz yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga chin dildan mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik tilaklarini izhor etdi.

Oʻzbekiston – Qozogʻiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga koʻtarilgani hamda barcha ustuvor yoʻnalishlarda koʻp qirrali hamkorlik jadal surʼatlarda rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.