Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida tovar va xizmatlar uchun to‘langan 300 mln so‘mdan ortiq mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, iste’molchilarni qiynayotgan ayrim muammolar tibbiyot va kosmetologiya sohasida halol hamda qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xususan:

xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish qoidalarining yagona va ochiq tartibda shakllanmaganligi;

kosmetologiya sohasida tibbiy va jarrohlik amaliyotlarini bajarishda xodimlarning malaka talablariga to‘liq rioya etmasligi;

kosmetologik muolajalarda foydalanilayotgan ayrim tibbiy buyum va preparatlarning davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi;

xususiy klinikalar tomonidan EKO muolajalari bo‘yicha iste’molchilarga yetarli va tushunarli ma’lumot berilmasligi;

muolajalarning ehtimoliy oqibatlari va o‘ziga xos xususiyatlari oldindan to‘liq tushuntirilmasligi asosiy muammolar sifatida qayd etilmoqda.

Shuningdek, mazkur holatlarning oldini olish maqsadida hududlarda tasdiqlangan reja-jadval asosida “sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida tibbiyot xizmatlari va farmatsevtika sohasida iste’molchilar huquqlari buzilishi holatlarining oldi olinmoqda hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.