Toshkent teatrlarida hayot har doim qizg‘in qaynagan. Ammo, shu bilan birga, aksariyat poytaxt teatrlarining moddiy-texnik bazasi davlat ko‘magiga o‘ta muhtoj.

Saida Mirziyoeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida poytaxtdagi uchta teatrni ko‘zdan kechirganini yozadi. Uning ta’kidlashicha, Muqimiy nomidagi akademik teatr, Yoshlar teatri hamda «Arena» yotoqxona binolari anchadan buyon jiddiy ta’mirtalab holatda.

«Biz hamma sharoitni yaratsakkina, repertuarlar yangilanib turadi, tomoshabin ko‘nglidan joy oladigan, dolzarb mavzulardagi spektakllar sahnalashtiriladi.

Nodir qo‘lyozmalarni raqaml ashtirib, kitobxonlarga taqdim etayotgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Moliyalashtirish masalalarini hal qilish uchun mas’ul shaxslar tayinlangan. Vaziyatni shaxsan o‘zim nazoratga oldim», dedi Saida Mirziyoeva.