Bu haqida “Uzcosmos” xabar berdi.
Orbitaga chiqarilgan sunʼiy yoʻldosh oʻz missiyasi doirasida Yer yuzasini suratga olishni davom ettirmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur surat ramziy ahamiyatga ega: 2028-yilda Samarqand Xalqaro astronavtika kongressiga (IAC) mezbonlik qiladi. Ayni paytda shaharni kosmosdan kuzatayotgan “Samarkand-2028” sunʼiy yoʻldoshi orbitada oʻz faoliyatini olib bormoqda.