Mening sha’nimga bildirilgan bu tabrik va tilaklarni, avvalo, ko‘pmillatli xalqimiz va davlatimizga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi, Yangi O‘zbekistonning dunyo miqyosida ortib borayotgan obro‘-e’tibori va nufuzining e’tirofi sifatida qabul qilaman.
Fursatdan foydalanib, bag‘rikeng va oliyjanob xalqimizga yana bir bor chin dildan o‘zimning cheksiz mehrim va hurmatimni bildiraman.
Jonajon Vatanimizda erkin va farovon, obod hayot qurishga qaratilgan islohotlarimizni qo‘llab-quvvatlab, ularda faol ishtirok etayotgan ko‘pmillatli xalqimizning aql-zakovati va fidokorona mehnati bilan oldimizga qo‘ygan yuksak va sharafli maqsadlarga albatta erishamiz, deb ishonaman.
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti