Shu munosabat bilan 2026-yil 24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz–Mirobod–Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘lni BRT yo‘lagi talablariga moslashtirish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Ishlar davomida mazkur yo‘l qismi transport vositalari harakati uchun to‘liq yopilmaydi. Qurilish-ta’mirlash ishlari yo‘lning markazidagi 4 ta harakatlanish tasmalarida amalga oshiriladi.
Shu vaqt davomida har ikki yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chekkasidagi ikkita harakatlanish tasmasida transport vositalari harakati davom etadi.