Robot jarrohlik — bu oddiy texnologiya emas, balki inson aql-zakovati, tibbiyot va raqamli taraqqiyotning o‘zaro uyg‘unligidir.
U — shifokorga eng nozik harakatlarni ham yuqori darajada aniqlik bilan bajarishga ko‘maklashib, bemorga kam jarohat yetkazishi hamda qisqa muddatda tiklanish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Eng muhimi, endi masofalar chegara emas. Bugun dunyo tibbiyoti shunday bosqichga yetdiki, bir davlatda turib, boshqa mamlakatdagi bemorda murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazish mumkin.
Quvonarlisi, O‘zbekiston tibbiyoti ham ana shunday tarixiy bosqichga qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizda ilk bor masofadan robot jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.