X ijtimoiy tarmog‘idagi «Radio L» ma’lumotiga ko‘ra, fransuz klubi 21 yoshli hujumkor yarim himoyachining vakillari bilan aloqa o‘rnatgan. Hozircha tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokaralar olib borilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Fayzullayevning o‘zi ham «Strasburg» variantiga qiziqish bildirgan.
Ayni vaqtda ehtimoliy transferning shartlari, uning qiymati va muzokaralarning keyingi bosqichi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.