Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov ishtirokida yig‘ilishda yangi boshliq jamoaga tanishtirildi.
Akmal Valiyev 1975 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish. Maxsus unvoni — Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.
Mehnat faoliyati davomida Samarqand viloyatida Soliq organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar 2024 yildan Samarqand viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.