Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va “Ayritom” chegara bojxona posti tomonidan viloyat DXX, ichki ishlar va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalarini o‘zining ichki a’zolariga yashirgancha olib kirishga uringan “jonli konteyner”larni to‘xtatib qolishdi.
“Termiz xalqaro savdo markazi”ga kelayotgan 18 yoshli qo‘shni davlat fuqarosi shubha ostiga olinib, inson tana a’zolarini skanerlovchi qurilma orqali ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs tanasining yo‘g‘on ichak qismiga shubhali o‘ramni joylagani aniqlandi.
Mazkur o‘ram ochib ko‘rilganida esa, uning ichiga 100 gr. og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh bo‘ldi.
Navbatdagi holatda esa 49 yoshli qo‘shni davlat fuqarosi ham xuddi shu usuldan foydalanib, olib kirilgan salkam 50 gr. “opiy”ni 3600 AQSh dollari va 1 dona zamonaviy smartfon evaziga pullayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Har ikkala holat yuzasidan ham bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.