Oʻtgan davrda mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyotimiz 2,5 barobardan ziyod koʻpaydi. Joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xoʻjaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish oʻrni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 200 ming oʻrinli zamonaviy maktab, 342 ming oʻrinli bogʻcha va 62 ming oʻrinli shifoxonalar ishga tushirildi.

Odamlarning uzogʻini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yoʻllar qurildi va taʼmirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv taʼminoti yaxshilandi.

Oʻtgan oʻn yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega boʻldi. Xalqimizda “Uyli boʻlish – vatanli boʻlish” degan naql bor. Shu maʼnoda, kamida 2,5 million aholi vatanli boʻldi!