So‘rovnomada:
— uy joylashuvi;
— farzandingiz o‘qiydigan maktab va sinf;
— maktabga chiqish vaqti;
— foydalanadigan transport turi;
— maktab avtobusiga ehtiyoj bor-yo‘qligi ko‘rsatiladi.
Agar bir nechta farzandingiz bo‘lsa, ular haqidagi ma’lumotlar alohida kiritiladi.
So‘rovnomani to‘ldirish bir necha daqiqa vaqt oladi, ammo undagi javoblaringiz farzandingiz uchun yanada qulay va xavfsiz maktab qatnovini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.
Muhim: Shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilmaydi. Natijalar faqat umumiy tahlil uchun ishlatiladi.