Turizm xizmatlari eksporti 1,3 mlrd AQSh dollariga yetib, sohaning iqtisodiyotdagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatdi.

Sayyohlar oqimining ortishi infratuzilmada ham o‘z aksini topmoqda. 

Shu davrda 140 ta yangi joylashtirish vositasi ishga tushirildi. Jumladan, 31 ta mehmonxona, 83 ta xostel, 16 ta oilaviy mehmon uyi va 10 ta boshqa turdagi joylashtirish vositasi foydalanishga topshirildi. 

Ichki turizm ham jadal rivojlanib, "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida 1,1 mln nafar Toshkent shahri aholisi respublika bo‘ylab sayohat va ekskursiyalarda ishtirok etdi.

Turizm sohasidagi tadbirkorlik ham izchil kengaymoqda. Yil boshidan buyon 203 ta yangi turistik korxona tashkil etilib, ularning jami soni 2 673 taga yetdi. 

Bu raqamlar Toshkentning nafaqat O‘zbekistonning turizm markazi, balki xalqaro sayyohlar uchun tobora jozibador va zamonaviy megapolisga aylanib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.