O'zenergoinspeksiya tomonidan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "N. S. Ch." fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, 623 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu kabi holat Bo‘stonliq tumanida fuqaro Q. F. ga qarashli noturar binoda ham qayd etildi. Ush qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minot korxonasiga 1 milliard 78 million so‘mlik zarar yetkazilgan.