Tekshiruvlar davomida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko'rilmoqda.

Joriy yilning 15-iyunidan 16-iyuliga qadar Ekopolitsiya xodimlari tomonidan o'tkazilgan ekologik reydlar davomida avtotransport vositalaridan qurilish chiqindilarini belgilangan joylardan tashqariga noqonuniy tashlash bilan bog'liq 21 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi.

Qoidabuzarlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 91¹-moddasi 3-qismi asosida ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarima choralari qo'llanildi. Shuningdek, 14 ta transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Bundan tashqari, qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga noqonuniy tashlash huquqbuzarligini takroran sodir etgan ikki yuk avtomobiliga nisbatan ularni musodara qilish masalasini ko'rib chiqish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanib, qonunchilikda belgilangan tartibda sud organlariga yuborildi.