Laboratoriya sinovlari natijalariga ko‘ra, mahsulotlarning massasi belgilangan talabga javob bermasligi, germetikligi ta’minlanmagani, ichki bosimga bardosh bera olmasligi, shuningdek, mahsulot qobig‘idagi ip choklarining mustahkam emasligi aniqlandi.

Mazkur holatlar O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasi talablari buzilganini ko‘rsatdi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “FXP” MChJ savdo tarmog‘iga mazkur mahsulotlarni savdodan chiqarish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.