Maʼlum qilinishicha, 4-avgust kuni “Toshkent-Aero” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi hamda “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Bangkokdan uchib kelgan ikki yoʻlovchi bojxona nazoratidan “yashil” yoʻlak orqali oʻtishga uringan. Ularning bagajlari tekshirilganda, bir-biriga oʻxshash ikkita vino shishasi va ikkita plastik idish aniqlangan.
Ekspertiza natijasida idishlardagi modda jami 6,8 kilogramm mefedron ekani maʼlum boʻlgan.
Qayd etilishicha, yil boshidan buyon bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda aniqlangan 471 ta holatda qariyb 1 tonna 800 kilogramm giyohvandlik vositalarining bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishi va mamlakat hududidagi yashirin aylanmasiga chek qoʻygan.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.