Dauletiyar Xudaybergenov 1990 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan.

2013 yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavriat, 2015 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

***

Dusmuhamedov Alisher Ismatillaevich Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.

Alisher Dusmuhamedov 1981 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Mehnat faoliyatini 2003 yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarda ishlagan.

2023 yil 29 martdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.