Tadbir ishtirokchilari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2026 yil 6 sentyabr kuni soat 05:00 dan 14:00 gacha quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:

  • Islom Karimov ko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasigacha;

  • Sharof Rashidov shoh ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

  • Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;

  • Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;

  • Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;

  • Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Nukus ko‘chasidan Hamidulla Oripov ko‘chasigacha;

  • Hamidulla Oripov ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;

  • Mustaqillik shoh ko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;

  • Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar — Buxoro va Shahrisabz ko‘chalarigacha;

  • Alisher Navoiy ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;

  • Botir Zokirov ko‘chasi — Alisher Navoiy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;

  • O‘qchi ko‘chasining Botir Zokirov ko‘chasiga tutash qismi.

Ishtirokchilar va tomoshabinlar soni ko‘paygan taqdirda, zaruratga qarab mazkur hududlarga tutash ayrim yo‘llarda ham harakat vaqtincha cheklanishi mumkin.


Haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish, muqobil yo‘nalishlardan foydalanish hamda yo‘l belgilari va mas’ul xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilish so‘raladi.