2026-yilning 14-may kuni, soat taxminan 08:20 larda, "7-Avtobus saroyi" filiali tasarrufida bo‘lgan,“Yutong” (gaz) rusumli davlat raqami 01|196 RKA, saroy raqami 07-719 bo‘lgan, 69-sonli yo‘nalishda harakatlanadigan avtobus haydovchisi (1983 y.t. mehnat faoliyati 20 yil) M.F. avtobusni Yakkasaroy tumani “Sh.Rustavelli” ko‘chasi “BRT” maxsus tasma bo‘ylab boshqarib kelib, “Sh.Rustavelli-Yakkasaroy” ko‘chalari kesishgan chorrahasiga yaqinlashgan vaqtida, “Trekker” rusumli transport vositasining haydovchisi o‘zining harakatini keskin chap tarafga o‘zgartirishi oqibatida avtobus bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
YTH natijasida, avtobus yo‘lovchisi, 1991 y.t. T.M, “Trekker” rusumli transport vositasining haydovchisi 1991 y.t A.T. hamda yo‘lovchisi 1994 y.t K.I. tan-jarohati olishib, 16-sonli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga murojaat qilishgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hodisada,“Trekker” haydovchisi aybdor bo‘lib, mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.