Qatnovlar har haftaning dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Yangi aviaqatnov Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida sayyohlar oqimini oshirish, Janubiy Hindistonning yirik shaharlaridan Toshkentga kelish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Haydarobod — Janubiy Hindistondagi yirik megapolis, Telangana shtati poytaxti va mamlakatning muhim texnologik markazlaridan biri. 10 milliondan ortiq aholi yashaydigan shahar «marvaridlar shahri» hamda «Hindistonning Kremniy vodiysi» sifatida tanilgan. Unda qadimiy islom meʼmorchiligi va zamonaviy IT-kompaniyalar infratuzilmasi uygʻunlashgan.

Toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar ikki mamlakat oʻrtasida sayyohlar almashinuvini ko‘paytirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.