Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, muammo nafaqat shahar tozaligiga, balki obodonlashtirish xizmati xodimlarining mehnati, vaqti va texnika resurslariga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Aslida mazkur kuch va imkoniyatlar koʻkalamzorlashtirish, daraxt va gulzorlarni parvarishlash, ariqlar, koʻchalar hamda jamoat joylarini obod saqlashga yoʻnaltirilishi lozim.
Taʼkidlanishicha, yoʻl yoqasiga, hovliga, piyodalar yoʻlagiga yoki chiqindi konteynerlari atrofiga tashlab ketilgan har bir chiqindi shahar tozaligini taʼminlash uchun xizmat qilayotgan xodimlar zimmasiga qoʻshimcha yuk boʻladi.
Shu munosabat bilan poytaxt aholisi chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlashga, shahar infratuzilmasi va kommunal xizmatlar mehnatini qadrlashga chaqirildi.
Toza shahar faqat kommunal xizmatlar saʼy-harakati bilan emas, balki har bir fuqaroning masʼuliyatli munosabati orqali barpo etiladi.