Bu haqda şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinişiça, 24-oktyabr kuni soat 01:33 da Uçtepa tumanidagi Yusuf Sakkokiy köçasida joylaşgan turar joy majmuasidagi xonadonlardan birida yonğin sodir bölgani haqida xabar kelib tuşgan.
Yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yonğinni soat 01:52 da bartaraf etgan.
Hodisa oqibatida xonadondagi uy jihozlari zararlangan. Voqea joyida bir nafar fuqaroning jasadi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tegişli organlar tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Yonğin sabablari va hodisaning boşqa tafsilotlarini aniqlaş böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.