Ushbu Nizom O‘zbekistondan tashqarida mahsulotlarga rasmiylashtirilgan ayrim ruxsat berish xususiyatiga ega va ularning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida vakolatli organlarning elektron tasdig‘ini olish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, Ariza beruvchi vakolatli organning tasdig‘ini olish uchun ruxsat berish xususiyatiga ega va muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda bojxona organiga ariza yuboradi.
Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tranzit deklaratsiya raqami;
tovar nomi va TIF TN kodi;
tovarlarni ishlab chiqaruvchining nomi;
tovarlar ishlab chiqarilgan davlat nomi;
ruxsat berish xususiyatiga ega va muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari;
amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa holatlarda nazarda tutilgan hujjatlar.
Bojxona organi vakolatli organ tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan qarorlar asosida bojxona qonunchiligiga muvofiq mahsulotlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.