“UT Dogu travel” mahalliy turistik kompaniyasi va Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Turkiyadagi Naqshbandiya tariqati vakillarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmi yoʻnalishida sayohati tashkil etildi. Ziyorat muqaddas Juma kuniga toʻgʻri kelganligi sababli Mehmonlar sayohatni Urganch shahridagi “Oxunbobo” jome masjidida juma namozini ado etishdan boshlashdi. Undan tashqari. Turkiyalik mehmonlar shuningdek, Xiva shahri “Ichan qalʼa” majmuasida ham boʻldilar. Shuningdek, Xorazm viloyati musulmonlar idorasi, Turizm va sport bosh boshqarmasi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ziyorat turizmini rivojlantirishda oʻzaro hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish mavzusida suhbat olib borildi. Undan tashqari, mehmonlar Buxoroning Bahouddin Naqshband muqaddas qadamjosida ziyorat amallarini ado etishdi. Ziyoratchilar 10 kunlik sayohatlari davomida Yetti Pir ziyoratgohlarida ham boʻlishadi. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Bahouddin Naqshband hunarmandchilik markazida faoliyat boshlagan yangi Mehmonxona Turkiyadan tashrif buyurgan eng nufuzli din ulamolari, shayxlar va ziyorat turizmi vakillaridan iborat ilk mehmonlarini qabul qildi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Turkiyalik ziyoratchilar Xiva va Buxoroga tashrif buyurdi
Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasiga 24 kishidan iborat Turkiyaning eng nufuzli diniy ulamolari, shayxlari va ziyorat turizmi vakillari tashrif buyurishdi.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar
- Davlatimiz rahbari Bokuga keldi
- Oʻzbekiston faunasida yangi tur — turkman uzunquloq ko‘rshapalagi aniqlandi
- Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
- Qashqadaryoda yangi gazkondensat koni aniqlandi
- 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- 2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida