Yamayka safida Kelvin David Joşua Braun 8-daqiqada hisobni oçdi. Oradan bir daqiqa ötib, Laziz Abduraimov hisobni tenglaştirdi. Braun 25-daqiqada yana gol urib, Yamaykani oldinga olib çiqdi. Sadirjonov 31-daqiqada hisobni 2:2 ga keltirdi.
Tanaffusdan söng Sadirjonov 47-daqiqada Özbekistonni ilk bor oldinga olib çiqdi, 58-daqiqada esa Asilbek Aliyevning uzatmasidan keyin uçinçi golini urdi. 79-daqiqada Aliyev Amirxon Erkinovga ham golli uzatma berdi. Asosiy vaqtga qöşib berilgan 2-daqiqada esa Ahror Ravşanbekov yakuniy hisobni örnatdi 6:2.
Şu tariqa, Özbekiston mundialdagi ilk ğalabasini qölga kiritdi va hisobiga 3 oçko yozdirdi. Terma jamoamiz guruh bosqiçidagi sönggi bahsini 26-noyabr kuni soat 19:00 da Italiyaga qarşi ötkazadi.