Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti hamda Y. Ğulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti hamkorligida taşkil etilgan ilmiy arxeologik ekspeditsiya tomonidan Nurota toğ tizmasi etaklarida joylaşgan Navoiy viloyati Xatirçi tumani Angidon mahallasiga qaraşli qişloqlarda arxeologik qidiruv işlari olib borildi.

Ekspeditsiya aʼzolari Odil Ergaşev, Alişer Rajabov va Abdulla Baxronov tomonidan amalga oşirilgan dala tadqiqotlarida Navoiy davlat universiteti öqituvçisi Laziz Pardayev ham yaqindan yordam berdi.