Uning yangi yetakchisi Xitoyning Shenchjen milliy superkompyuter markazi bazasida ishga tushirilgan LineShine superkompyuteri bo‘ldi.

Yangi tizim 2024-yil oxiridan buyon reytingning birinchi pog‘onasida turgan Amerikaning El Capitan majmuasini ikkinchi o‘ringa surib chiqardi. Shu tariqa, Xitoy yuqori unumdor hisoblash texnologiyalari sohasidagi yetakchilik maqomini 2017-yildan beri ilk bor qaytarib oldi. O‘shanda reytingda Sunway TaihuLight superkompyuteri yetakchilik qilgan edi.

Xitoy tizimi amaliy unumdorlik bo‘yicha 2,19 eksaflops ko‘rsatkichiga erishdi. Natijada LineShine barqaror unumdorligi 2 eksaflops chegarasidan oshgan dunyodagi birinchi superkompyuterga aylandi.

Shenchjen milliy superkompyuter markazi ma’lumotiga ko‘ra, yangi tizim to‘liq mahalliy texnologiyalar asosida yaratilgan. Qurilma Xitoyda ishlab chiqilgan LX2 protsessorida faoliyat yuritadi. Shuningdek, yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan birinchi milliy xotira tizimi (HBM) qo‘llanilishi ma’lumot almashish tezligini 10 barobar oshirish imkonini bergan.

Hozirgi vaqtda LineShine hisoblash quvvati Xitoy iqtisodiyotining real sektorida faol qo‘llanilmoqda. Superkompyuter resurslari keng ko‘lamli raqamli egizaklarni yaratish, iqlim o‘zgarishlarini yuqori aniqlikda modellashtirish, shuningdek materialshunoslik, neyroilm, farmakologiya va fundamental tadqiqotlar sohalaridagi ilmiy loyihalar uchun jalb etilgan, deb xabar berdi Kazinform.