Xususan, Xitoy davlatidan yuborilgan jo‘natmani kur’erlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firmaning Toshkent shahridagi ofisida qabul qilib olgan vaqtida Yunusobod tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs va uning 1998 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, hozirda Chilonzor tumanida vaqtincha istiqomat qiluvchi tanishi ushlandi.

Chet mamlakatdan yuborilgan jo‘natma ochib ko‘rilganda, uning ichida oq rangli kukunsimon ko‘rinishda bo‘lgan 24 kg 974 gr “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.