Kompaniya shuningdek, ilova ishlab chiquvchilariga foydalanuvchilarga ilova do‘konidan tashqarida muqobil to‘lov usullari va foydali takliflar haqida ma’lumot berishni taqiqlagan.
Yevropa Komissiyasi Googlega aniqlangan qoidabuzarliklarni 60 kun ichida bartaraf etishni buyurdi. Agar talab bajarilmasa, kompaniya global yillik aylanmasining 5 foizigacha qo‘shimcha jarimaga tortilishi mumkin.
Google bu qarorga qo‘shilmasligini bildirdi. Kompaniyaning global ishlar bo‘yicha prezidenti Kent Uoker Yevropa Ittifoqi tomonidan talab qilingan o‘zgarishlar xizmatlar sifatini pasaytirishi va Yevropa foydalanuvchilari va biznesiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya o‘zgarishlarni sinab ko‘rishni boshlagan, ammo jarimaga shikoyat qilish-qilmasligini hali e’lon qilmagan.
Bryusselning qarori Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi keskinlikni kuchaytirishi mumkin. Donald Tramp ma’muriyati ilgari Yevropaning Amerika texnologiya kompaniyalarini tartibga solishini tanqid qilgan va amaldagi savdo rejimi tugaganidan keyin yangi savdo tariflarini joriy etishga tayyorlanayotganini aytgan edi, deb xabar berdi Kazinform.