Aniqlanishicha, ushbu YTH joriy yilning 16 iyul kuni sodir etilgan. 2005 yilda tug‘ilgan R.M. haydovchilik guvohnomasiga va boshqa tegishli hujjatlarga ega bo‘lmasdan EQUINOX avtomobilini boshqarib, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Qizig‘i Nexia-3 avtomashinasi haydovchisining ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida ish ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, EQUINOX haydovchisi MJtKning 133 va 135- moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan MJtKning 133 va 33-moddasini qo‘llab BHMning 3 baravari, (990 000 so‘m) MJtKning 135-moddasi 2-qismi bilan BHMning 5 baravari (1 650 000 so‘m) jarima jazosi tayinlandi.
Nexia-3 haydovchisi esa MJtKning 135-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi hamda unga nisbatan BHMning 5 baravari (1 650 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
YTH sodir etgan ikkala haydovchida ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan
Toshkentda Equinox avtomashinasi haydovchisi harakatlanib ketayotgan vaqtda svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Nexia-3 avtomashinasining orqasidan kelib urgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.
2026 yili 1 140 kilometr kanalni betonlashtirish ishlari olib borilmoqda
- Urganch davlat universitetida Konfutsiy instituti tashkil etildi
- Serjio Gorni O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Marko Rubioni O‘zbekiston Respublikasining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Oʻzbekiston Prezidenti Marko Rubio va Serjio Gorni davlat mukofotlari bilan taqdirladi
- Toshkentda elektr taʼminotidagi uzilishga havoda uchib kelgan shar sabab bo‘ldi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi